MAXFIYLIK SIYOSATI

UMUMIY QOIDALAR

Ma'lumotlar boshqaruvchisi sifatida biz qimor o'yinlari qoidalariga ko'ra o'yinchilar o'yinlarda ishtirok etishiga ruxsat berish va ularga qo'shimcha xizmatlarni taqdim etish uchun ularning shaxsiy ma'lumotlarini qayta ishlashga majburmiz. Ushbu "Maxfiylik siyosati" o'yinchilardan qanday shaxsiy ma'lumotlarni to'plashimiz, ularni nima uchun to'plashimiz va ulardan qanday foydalanishimiz haqida tushuntirish beradi.

Saytda o'yinchi hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazish orqali siz ushbu "Maxfiylik siyosati"ga roziligingizni tasdiqlaysiz. Agar siz ushbu "Maxfiylik siyosati" shartlariga rozi bo'lmasangiz va biz talab qiladigan shaxsiy ma'lumotlarni bizga taqdim etishni istamasangiz, iltimos, ushbu veb-saytdan foydalanmang.

Iltimos, ushbu "Maxfiylik siyosati" siz va kompaniya o'rtasidagi kelishuvni tashkil qilishini yodingizda saqlang. Biz vaqti-vaqti bilan ushbu hujjatga o'zgartirishlar kiritib turishimiz mumkin. Bunday o'zgarishlar to'g'risida sizni xabardor qilish uchun qo'limizdan kelganicha harakat qilamiz, shuningdek sizga ushbu "Maxfiylik siyosati"ga muntazam ravishda tashrif buyurishingizni maslahat beramiz. Veb-sayt va/yoki uning xizmatlaridan doimiy ravishda foydalanishingiz "Maxfiylik siyosati"ga roziligingizni anglatadi.

BIZ TO'PLAYDIGAN MA'LUMOTLAR

Biz so'rashimiz mumkin bo'lgan shaxsiy ma'lumotlarga cheklovlarsiz quyidagilarni kiritish mumkin:

  1. Hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazish sahifalaridagi shakllarni to'ldirishda bizga taqdim etilgan har qanday ma'lumotlar, shuningdek veb-sayt yoki elektron pochta orqali yuboradigan boshqa ma'lumotlar (masalan, familiya, ism, tug'ilgan kun sanasi, elektron pochta manzili, telefon raqami);
  2. Veb-sayt, elektron pochta, veb-chat yoki boshqa aloqa vositalari orqali biz bilan amalga oshirilgan yozishmalar;
  3. Veb-sayt orqali yoki boshqa aloqa vositalari orqali amalga oshirilishi yoki oshirilmasligidan qat'iy nazar, barcha o'yinchilar hisob qaydnomalarining o'tkazmalar tarixi;
  4. Veb-sayt loginlari va ularning tafsilotlari, shu jumladan trafik ma'lumotlari, GeoIP joylashuvi to'g'risidagi ma'lumotlar, brauzer/qurilma ma'lumotlari, veb-loglar, faoliyat jurnallari va tizimimizda qayd qilingan boshqa trafik ma'lumotlari;
  5. Hisobingizni tekshirish, depozitlarni to'ldirish yoki pulni yechib olish va firibgarlikka qarshi tekshiruvni amalga oshirish uchun biz tomonimizdan asosli ravishda so'raladigan hujjatlar va dalillar (o'z tashabbusimiz bilan yoki amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq). Bunday dalillar pasport skanerlari, to'lov varaqalari, bank bayonotnomalari va boshqalarni o'z ichiga olishi mumkin;
  6. Biz vaqti-vaqti bilan amalga oshirishimiz mumkin bo'lgan so'rovlar yoki mijozlarning har qanday boshqa baholash natijalari.

BIZ SIZNING MA'LUMOTLARINGIZDAN QANDAY FOYDALANAMIZ

Biz xizmatlarimizni taqdim qilish uchun sizdan to'planadigan shaxsiy ma'lumotlarni qayta ishlaymiz. Xususan, biz ma'lumotlaringizdan quyidagi maqsadlarda foydalanamiz:

  1. Sizning tikishlaringiz va o'tkazmalaringizni amalga oshirish. Bunga sizning kredit kartangiz va onlayn to'lov tizimlaridan foydalanishingiz kiradi;
  2. Sizga bizning veb-saytimizdan topishingiz mumkin bo'lgan o'yin va boshqa yordamchi xizmatlarni taqdim etish;
  3. Mijozlarni qo'llab-quvvatlash, masalan, hisobingizni o'rnatish va boshqarishda yordam berish;
  4. Kerakli tasdiqlash tekshiruvlarini aniqlash va bajarish;
  5. Ro'yxatdan o'tgan o'yinchilarga bizning reklama takliflarimiz haqida ma'lumot berish yoki tanlangan biznes sheriklarimiz, hamkorlarimiz va filiallarimizning reklama ma'lumotlarini taqdim etish (faqatgina o'yinchilar bunday marketing materiallarini olishga rozi bo'lgan taqdirda);
  6. Huquqiy majburiyatlarni bajarish, shu jumladan pul yuvishga qarshi kurashish (PYQK) va terrorizmni moliyashtirishga qarshi qonunlarga (TMQQ) rioya qilish;
  7. Firibgarlik, shartlarning buzilishi, pul yuvish va boshqa noqonuniy yoki noto'g'ri o'yin harakatlarining oldini olish maqsadida o'tkazmalarni monitoring qilish va tekshirish;
  8. Bozorni o'rganish orqali mijozlar tendensiyalarini tahlil qilish (so'rovlarda qatnashish majburiy emas va siz har doim qatnashmaslikni tanlash imkoniyatiga egasiz);
  9. Yig'ilgan ma'lumotlarni tadqiq qilish va statistik tahlil qilish.

MARKETING ALOQALARI

Siz reklama materiallarini olishni olmaslikni tanlamagan bo'lsangiz , biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringiz, jumladan elektron pochta manzilingiz va telefon raqamingizdan mahsulotlar, xizmatlar va reklama aksiyalari to'g'risida marketing xabarlarini yuborish uchun foydalanishimiz mumkin. Bu bizning sheriklarimiz tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar va xizmatlar, masalan, kazino o'yinlarini etkazib beruvchilar haqidagi ma'lumotlarni o'z ichiga olishi mumkin.

Bunday reklama va marketing materiallarini olishni to'xtatishga qaror qilganingiz, siz hisob qaydnomangiz sozlamalari orqali yoki [email protected] manzilidagi mijozlarni qo'llab-quvvatlash xizmatiga murojaat qilish orqali undan voz kechishingiz mumkin.

Bundan tashqari, bizdan har qanday tanlov sovrinlarini yoki yutuqlarini qabul qilib olish orqali reklama va marketing maqsadlarida sizning ismingiz va/yoki taxallusingizdan qo'shimcha to'lovlarsiz foydalanishga rozilik berishingizni unutmang, qonun bilan taqiqlangan hollar bundan mustasno.

SHAXSIY MA'LUMOTLARNI OLISH

Biz sizning ruxsatingizsiz siz haqingizda hech qanday shaxsiy ma'lumotlarni to'plamaymiz. Biroq, biz xizmatlarimizdan foydalanishingiz va biz bilan o'zaro aloqalaringiz orqali bunday ma'lumotni qayerda topshirganligingiz haqida avtomatik ravishda siz haqingizda muayyan ma'lumotlarni to'plashimiz mumkin.

Shuningdek, biz shaxsiy ma'lumotni onlayn sotuvchilardan va firibgarlikning oldini olish kompaniyalari kabi xizmat ko'rsatuvchi provayderlardan qonuniy tarzda olishimiz mumkin. Bunga qo'shimcha ravishda, biz onlayn o'tkazmalaringizni va o'yin mabasi kontentini amalga oshirish uchun texnik ta'minot olish maqsadida uchinchi tomon provayderlarining xizmatlaridan foydalanish huquqini saqlab qolamiz.

Iltimos, bizga siz bunday sotuvchilar, xizmat ko'rsatuvchi provayderlar va uchinchi tomon elektron tijorat xizmatlariga taqdim etgan har qanday ma'lumotlarga kirish huquqi berilishi mumkinligini tushuning. Ushbu hujjatda ko'rsatilganidek, biz olingan har qanday shaxsiy ma'lumotdan foydalanamiz va ularni himoya qilamiz. Siz taqdim etgan har qanday ma'lumotlar ushbu "Maxfiylik siyosati"ga muvofiq tarzda faqatgina kompaniyaning tashqarisidagi uchinchi shaxslarga oshkor qilinadi va biz uchinchi tomon xizmatlarini yetkazib beruvchilar bilan tuzgan shartnomalarimizda har doim sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilinishini ta'minlash uchun zarur choralarni ko'ramiz.

MA'LUMOT OLUVCHILAR

Bizga taqdim etgan ma'lumotlaringizni bizning kompaniya guruhimiz tarkibidagi boshqa tashkilotlarga va biznes sheriklarimizga yetkazishimiz mumkin. Ushbu kompaniyalar tarkibiga bizning asosiy kompaniyalarimiz, ularning bosh kompaniyalari va tegishli kompaniyalarning barcha filiallari, shuningdek biz biznes yuritadigan va zarur shartnomalar tuzadigan boshqa kompaniyalar kiradi.

Kompaniya xodimlari, xususan ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha mutaxassis, pul yuvish bo'yicha mutaxassis, to'lovlar va firibgarlikka qarshi tahlilchilar, mijozlarni qo'llab-quvvatlash agentlari, mijozlarni ushlab turish bo'yicha guruh a'zolari, VIP o'yinchi menejerlari, shuningdek tanlangan boshqa xodimlar o'zlarining vazifalarini bajarish va sizga yordam berish maqsadida shaxsiy ma'lumotlaringizga kirish huquqiga egalar.

O'yinchining shaxsiy ma'lumotlariga kirish huquqiga ega bo'lgan yoki ularni qayta ishlash bilan bog'liq jaraonlarga jalb etilgan xodimlarimiz, amaldagi o'yinlar, ma'lumotlarni himoya qilish va maxfiylik to'g'risidagi qonunlarga muvofiq, o'yinchi ma'lumotlari maxfiyligini hurmat qilish maqsadisa maxfiylik shartnomalarini imzoladilar.

Sizga samarali xizmat ko'rsatish uchun biz va/yoki bizning xizmat ko'rsatuvchi provayderlarimiz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni Yevropa Ittifoqi (YI) va Yevropa Erkin Savdo Assotsatsiyasi (YESA) mintaqalaridagi bir mamlakatdan ikkinchisiga, shuningdek, Yevropa Iqtisodiy hududidan (YIH) tashqarida joylashgan ba'zi ma'lumotlarni qayta ishlovchilarga o'tkazishni talab qilishi mumkin. Shuning uchun, Veb-saytni ko'rib chiqish va biz bilan elektron shaklda aloqa o'rnatish orqali siz ushbu mamlakatlarda ma'lumotlaringizning biz tomondan (bizning ta'minotchilarimiz yoki shartnomachilarimiz) qayta ishlanishiga roziligingizni bildirasiz. Biz axborotlaringiz va ma'lumotlaringizning maxfiyligi va ushbu "Maxfiylik siyosati"ga muvofiqligini ta'minlash uchun har doim qo'limizdan kelganini qilamiz.

MA'LUMOTLARNI UCHINCHI TOMONLARGA TAQDIM ETISH

Biz shaxsiy ma'lumotlaringizni uchinchi tomonlarga sotmaymiz yoki ijaraga bermaymiz.

Agar qonun, nizom yoki boshqa yuridik chaqiruv qog'ozi yoki buyruqqa ko'ra talab qilinsa, biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilishimiz mumkin. Agar biz kompaniyaning, uning mijozlarining yoki har qanday uchinchi tomonning qonuniy manfaatlarini himoya qilish zarur deb hisoblasak, biz shaxsiy ma'lumotlaringizni tartibga solish yoki huquqni muhofaza qilish organlariga oshkor qilishimiz mumkin.

Shaxsiy ma'lumotlar faqat quyidagi hollarda uchinchi tomonlarga oshkor qilinadi:

  1. bizdan bu qonun orqali talab qilinsa;
  2. Agar veb-sayt maxfiylik siyosatiga muvofiq to'lov o'tkazmalarini amalga oshirishni osonlashtirish uchun to'lovni amalga oshiruvchilar bilan ma'lumot almashishi kerak bo'lsa;
  3. Tegishli litsenziyalash va tartibga solish organlari oldidagi yuridik va tartibga soluvchi burch va majburiyatlarimizga, shuningdek, amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq va boshqa yurisdiksiyalarda qo'llaniladigan boshqa tartibga soluvchi burch va majburiyatlarga rioya qilish uchun;
  4. Kompaniya ma'lumotlarni oshkor qilish kompaniya yoki o'yinchining xavfsizligini yoki boshqalarning xavfsizligini himoya qilish, firibgarlikni tekshirish yoki hukumatning so'roviga javob berish uchun zarur deb hisoblasa;
  5. Agar bizga marketing xizmatini ko'rsatuvchi provayderlarimiz o'z vazifalarini bajarish uchun ma'lumotlarni talab qilsalar;
  6. O'yinchining oldindan roziligi bilan har qanday uchinchi tomonga.

Biz nomimizdan shaxsiy ma'lumotlarni cheklangan tarzda qayta ishlash uchun uchinchi tomon ma'lumotlar protsessorlaridan foydalanamiz. Bunday xizmat ko'rsatuvchi provayderlar veb-saytni qo'llab-quvvatlaydi, ayniqsa veb-saytlarni joylashtirish va ishlatish, marketing, tahlil qilish, veb-saytlarni takomillashtirish va elektron pochta xabarlarini yuborish bilan bog'liq masalalarda. Shaxsiy ma'lumotlarni qabul qiluvchiga topshirish amaldagi ma'lumotlarni himoya qilish to'g'risidagi qonun hujjatlariga muvofiqligini va protsessor zimmasiga tegishli xizmat ko'rsatish shartnomasiga muvofiq majburiyatlar yuklanishini ta'minlaymiz.

Veb-saytlarimiz ijtimoiy media xususiyatlarini (masalan, "share" yoki "like" tugmachalarini) o'z ichiga olishi mumkin. Bunday xususiyatlar Facebook kabi uchinchi tomon ijtimoiy media platformalari tomonidan taqdim etiladi. Ma'lumotlar shunday yo'llar bilan to'plangan joylarda, ularni qayta ishlash tegishli ijtimoiy media platformalarining maxfiylik siyosati bilan tartibga solinadi.

uqorida aytilganlarga qo'shimcha ravishda, agar biz biror-bir yangi biznesni yo'lga qo'yadigan, shaxsiy ma'lumotlaringizni oshkor qilishimiz mumkin. Agar kompaniya tarkibida biron bir o'zgarish, masalan qo'shilish, boshqa kompaniya tomonidan sotib olish yoki qisman sotib olish kabi holatlar yuz bersa, mijozlarimizning shaxsiy ma'lumotlari ham sotuvga yoki topshirishga kiritilishi mumkin. Shaxsiy ma'lumotlarning bunday topshirilishini amalga oshirishdan oldin biz o'z siyosatimizning bir qismi sifatida o'yinchilarimizga elektron pochta orqali xabar yuboramiz.

Bizning kontent uchun tegishli ma'lumotlarni taqdim etish uchun uchinchi tomon veb-saytlariga havolalalar berishimiz mumkinligini unutmang. Biz alohida maxfiylik siyosatiga va ma'lumotlarni qayta ishlash bo'yicha qoidalarga bunday tashqi kontentlar uchun javobgar emasmiz.

MA'LUMOTLARNI SAQLASH

Bizning "Foydalanish shartlari"mizga muvofiq siz ham, Kazino ham istalgan vaqtda sizning o'yin hisob qaydnomangizni yopishga qaror qilishingiz mumkin. Hisob qaydnomangiz yopilgandan so'ng, biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni qonun tomonidan belgilangan muddatgacha saqlab qo'yamiz. Ushbu ma'lumotlar faqat vakolatli organlar tomonidan moliyaviy va fiskal qaydlar, firibgarlik, pul yuvish yoki boshqa noqonuniy faoliyat yuzasidan tergov o'tkazilishi yuzasidan so'ralganda foydalaniladi.

Shuni ta'kidlash kerakki, Yevropa Ittifoqida litsenziyalangan o'yin qonunchiligida belgilangan noqonuniy pul yuvish bilan bog'liq qoidalarga ko'ra biz ro'yxatdan o'tish paytida taqdim etilgan o'yinchilarning shaxsiy ma'lumotlarini va o'yinchi hisob qaydnomasining operatsion davriga oid oxirgi o'tkazmalar yoki hisob qaydnomasini yopishga oid ma'lumotlarni kamida besh yil davomida saqlashimiz shart. Shu sababli, ushbu muddat tugashidan oldin ma'lumotlarni tozalash uchun so'rovlarni qabul qila olmaymiz.

SIZNING MA'LUMOTLARINGIZ XAVFSIZLIGI

Sizning hisob qaydnomangizni boshqarish maqsadida shaxsiy ma'lumotlaringizni to'plash va qayta ishlash jarayonida shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha qat'iy qonunchilik qoidalariga rioya qilishimizni tan olamiz.

Binobarin, biz eng yaxshi biznes amaliyoti va amaldagi qoidalarga muvofiq shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilishga va maxfiyligingizni hurmat qilishga harakat qilamiz. O'yinchilarga xavfsiz xizmatlarni taqdim etish maqsadida biz sizga taqdim etayogan barcha ma'lumotlarning xavfsiz bo'lishini ta'minlash uchun barcha ehtiyot choralarini ko'ramiz.

O'yinchi hisob qaydnomasiga faqat o'yinchining noyob IDsi va paroli yordamida kirish mumkin. Siz hisob qaydnomangizdan ruxsatsiz foydalanishdan qo'shimcha himoya sifatida ikki faktorli autentifikatsiyani (2FA) o'rnatishingiz mumkin. Siz kirish ma'lumotlaringiz maxfiyligini saqlash va unga boshqa shaxslar kira olmasligini ta'minlash uchun javobgar hisoblanasiz.

BIZ BILAN BOG'LANISH

Agar xohlasangiz, ushbu siyosat bo'yicha har doim biz bilan bog'lanishingiz mumkin:

  1. Siz haqingizda biz to'plagan shaxsiy ma'lumotlarning to'g'riligini tasdiqlang;
  2. Shaxsiy ma'lumotlaringizdan qanday foydalanishimiz to'g'risida so'rang;
  3. Kelgusida sizning ma'lumotlaringizdan to'g'ridan-to'g'ri marketing maqsadlarida foydalanishni taqiqlang;
  4. Siz bizga taqdim etgan har qanday ma'lumotni yangilang yoki to'g'rilang (bunday holatlarda siz bunday o'zgarishlarni amalga oshirish uchun biz asosli ravishda talab qiladigan har qanday dalillarni taqdim etasiz). O'zingiz haqingizda yolg'on ma'lumotlar berish noqonuniy hisoblanadi va bizni to'g'ri ma'lumotlaringiz bilan doimo ta'minlash sizning majburiyatingiz hisoblanadi.

Bundan tashqari, "Ma'lumotni himoya qilishning umumiy qoidalari"ning (GDPR) 77-moddasiga binoan, siz ma'lumotlaringizni qayta ishlash bilan bog'liq shikoyatlaringizni vakolatli nazorat organiga, xususan, doimiy yashash joyingiz, ish joyingiz yoki huquqbuzarlik sodir etilgan joydagi a'zo davlatlarga organlariga berish huquqiga egasiz.

"COOKIE" SIYOSATI

Veb-saytga tashrif buyurganingizda, bizning tizimimiz sizning tashrifingiz haqidagi ma'lumotni, masalan, brauzeringiz, IP-manzilingiz va qaysi veb-sayt orqali kirganingiz kabi ma'lumotlarni avtomatik ravishda to'playdi. Ushbu jarayon bizning platformamiz provayderlari va hamkorlarimiz bilan birgalikda amalga oshirilishi mumkin. Biz ulardan veb-saytimizga tashrif buyuruvchilarning umumiy demografik yoki foydalanish ma'lumotlarini olishimiz mumkin. Biz sizdan qo'shimcha rozilik olmasdan turib, avtomatik ravishda to'plangan ma'lumotlardan sizning shaxsingizni aniqlash uchun foydalanmaymiz.

Kerakli ma'lumotlarni to'plash uchun biz "cookie" fayllari va shunga o'xshash kuzatuv vositalaridan foydalanamiz. "Cookie" fayllari - bu bizning veb-sahifalarimizga tashrif buyurganingizda kompyuteringizda yoki qurilmangizda saqlanadigan kichik matnli fayllardir. "Cookie" fayllarining ba'zilari veb-sayt ishlashi uchun zarur hisoblanadi; boshqalari esa veb-saytda ishlashingizni yaxshilaydi va sizga yanada yaxshi xizmat ko'rsatish uchun bizga yordam beradi. Quyida biz foydalanadigan "cookie" fayllari turlari va ularning vazifalari keltirilgan.

Zaruriy "cookie"-fayllar: navigatsiya va veb-saytlarning asosiy funktsiyalarini faollashtiradi, masalan, veb-saytga a'zo hududlarga kirishni.

Funksional "cookie"-fayllar: ular veb-saytning ishlashi va veb-saytdagi tanlovlaringizni tahlil qilishimizga imkon beradi (masalan, sizning seansingiz kaliti, tili yoki mintaqasi), shuning uchun biz ushbu sozlamalarni saqlashimiz va sizga ko'proq shaxsiy ish jarayonini taqdim etishimiz mumkin.

Reklama "cookie"-fayllari: bizga marketing kontenti qanchalik samarali ekanligini hisoblashga imkon beradi. Ushbu "cookie"-fayllar reklamalar orqali yangi o'yinchilarning ro'xatdan o'tishi va veb-sayt tashriflar sonini kuzatish uchun hamkorlarimiz tomonidan taqdim etiladi. Biz sizning shaxsiy ma'lumotlaringizni (ism yoki elektron pochta manzilingiz kabi) hamkor tashkilotlarga bermaymiz, to'g'ridan-to'g'ri reklama "cookie"-fayllari tomonidan to'plangan saytga kirish ma'lumotlari bundan mustasno. Ammo sizning saytga kirish ma'lumotlarngiz boshqa manbalar orqali provayderlar tomonidan to'plangan shaxsiy ma'lumotlar bilan aloqador bo'lishi mumkin. So'nggi tashqi ma'lumotlarni qayta ishlash ushbu uchinchi tomon provayderlarining maxfiylik siyosatlari va qoidalariga muvofiq boshqariladi.

Yuqoridagilardan tashqari, bizga taqdim etilayotgan xizmatlar bilan ta'minlash uchun biz ushbu veb-saytda "cookie"-fayllarni o'rnatgan bir qator uchinchi tomon xizmat provayderlaridan foydalanamiz. Bunday xizmatlar tarkibiga veb-saytdagi faoliyatingizni kuzatish, veb-sayt samaradorligini va marketing kompaniyamizning samaradorligini o'lchash orqali ish faoliyatingizni yaxshilashga yordam beradigan xizmatlar kiradi, ammo bular bilann cheklanib qolmaydi.

Ko'pgina onlayn brauzerlar avtomatik ravishda "cookie"-fayllarini qabul qiladi. Agar xohlasangiz, bir qancha yoki barcha "cookie'-fayllarni bloklab qo'yishingiz yoki brauzer sozlamalarini o'zgartirish orqali oldindan o'rnatilgan "cookie"-fayllarni o'chirib tashlashingiz mumkin. Ammo, biz "cookie"-fayllarni bloklamaslik yoki o'chirmaslikni maslahat beramiz, chunki sizning Veb-saytimizdan foydalanishingizni cheklab qo'yishi mumkin.