PUL YUVISHGA QARSHI SIYOSAT

O'yinchi Coduca88 kazinosida hisob qaydnomasi ochishi bilanoq, amaldagi barcah pul yuvishga qarshi barcha qoidalar va normalarga rioya qilishga rozilik bildiradi. Qisqa qilib aytganda, o'yinchi jinoiy yo'llar bilan tushadigan mablag'ni hech qanaqasiga ishlatmaslik majburiyatini oladi.

O'yinchilar Coduca88 kazinosi xizmatlaridan hech qanaqasiga bevosita yoki bilvosita pul yuvish bilan bog'liq hollarda foydalana olmaydilar.

Agar o'yinchi ushbu qoidalar va normlarga rioya qilmasa, Coduca88 kazinosi o'yinchi hisob qaydnomasi tekshiruvini to'xtatib qo'yishi mumkin.

O'yinchilarni ro'yxatdan o'tkazish

O'yinchilarni ro'yxatga olish jarayoni "Foydalanish shartlari" ga muvofiq amalga oshiriladi.

Hisob qaydnomasini ochishdan oldin, Coduca88 kazinosiga aniq ma'lumotlarni taqdim etish orqali o'yinchilar ro'yxatdan o'tishlari shart. Hisob qaydnomasini ochishning dastlabki bosqichida Coduca88 kazinosini darhol yangilangan ma'lumotlar/hujjatlar bilan ta'minlash o'yinchining zimmasiga yuklanadi. Coduca88 kazinosi o'yinchilar haqida biron-bir ma'lumot bergan uchinchi tomonlar bilan o'yinchining kreditga layoqatini tasdiqlash huquqiga ega.

Ro'yxatdan o'tgandan so'ng, o'yinchi talab qilingan barcha ma'lumotlarni to'ldirishi kerak va taqdim etilgan ma'lumotlarning to'liq va aniq bo'lishiga o'yinchilar javobgar hisoblanadi.

Coduca88 kazinosi tasdiqlash jarayonlarini amalga oshirish huquqini o'zida saqlab qoladi. Agar Coduca88 kazinosi o'yinchi noto'g'ri ma'lumotlar taqdim etgan deb shubha qilsa, biz hisob qaydnomasini yopib qo'yishga va o'yinchining unga kiritishini bloklab qo'yishga haqlimiz.

O'yinchi har qanday yangilanishlar yoki ma'lumotlarning o'zgarishi haqida Coduca88 kazinosini xabardor qilishga majburdir.

Agar Coduca88 kazinosi o'yinchi yolg'on ma'lumotlar berganligidan xabar topsa, biz darhol o'sha shaxsni Coduca88 kazinosi o'yinchisi sifatida ro'yxatdan o'tkazishni bekor qilamiz va uning hisob qaydnomasini yopamiz.

O'n sakkiz yoshga to'lmagan shaxslar (yoki ushbu shaxs yashaydigan davlat qonunchiligida belgilangan balog'at yoshi) o'yinchi sifatida ro'yxatdan o'tkazilishi mumkin emas va bunday shaxslar tomonidan depozit sifatida kiritilgan yoki ular tomonidan yutib olingan pul mablag'lari boshqaruv organi tomonidan musodara qilinadi.

Coduca88 kazinosi har doim ro'yxatdan o'tgan barcha o'yinchilarning onlayn xavfsiz ro'yxatini tuzishi kerak. Har bir shaxs faqat bitta Coduca88 kazinosi hisob qaydnomasini ro'yxatdan o'tkazishi mumkin, birdan ortiq hisob qaydnomasidan foydalanish qat'iyan taqiqlanadi.

Anonim hisob qaydnomalari

Coduca88 kazinosi haqiqiy egasi noma'lum bo'lgan soxta nomli hisob qaydnomalari va anonim hisob qaydnomalarini ochmaydi.

O'tkazmalarni tekshirish

Coduca88 kazinosi pul yuvish holatlarini oldini olish maqsadida barcha o'tkazmalarni nazorat qilish huquqini o'zida saqlab qoladi. Bundan tashqari, Coduca88 kazinosi har qanday murakkab yoki yirik o'tkazmalarning kelib chiqishi va maqsadlarini, xususan, tabiatan pul yuvish yoki terrorizmni moliyalashtirish bilan bog'liq bo'lgan har qanday o'tkazmalarning kelib chiqishi va maqsadlarini alohida diqqat bilan o'rganish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Yutuqlar to'lovlari

Ro'yxatdan o'tgandan keyin birinchi marta mablag'larni yechib olish uchun so'rov yuborgan o'yinchi shaxsini tasdiqlovchi hujjat nusxasini taqdim etish orqali o'z shaxsini tasdiqlashi shart. Mablag'larni yechib olish to'g'risidagi so'rov Coduca88 kazinosi tomonidan o'yinchi ushbu hujjat nusxasini topshirmaguncha qabul qilinmaydi.

Barcha holatlarda, Coduca88 kazinosi o'yinchining shaxsi, yoshi va turgan joyini tasdiqlashi kutilayotgan o'yinchining naqd pul berilishi talabini to'xtatib qo'yish huquqini o'zida saqlab qoladi.

Yutuqlar yoki mablag'larni qaytarib to'lash o'yinchi firinchi marta to'lovni amalga oshirgan kanal orqali amalga oshiriladi. Agar buning iloji bo'lmasa, o'yinchidan muqobil kanalni va shu kanalning o'yinchiga aloqadorligini isbotlovchi yetarli dalillarni taqdim etish so'raladi. O'yinchi tomonidan taqdim etilgan dalillar yetarli ekanligi yoki emasligini aniqlash faqatgina Coduca88 kazinosining majburiyati hisoblanadi.

O'yinchilar amalga oshiriladigan barcha pul yechish amaliyotlarini bizning to'lovlarni boshqarish jarayonlari amalga oshirilishidan oldin yaxshilab tekshirishlar kerak. Agar o'yinchining biz bilan hech qachon tikish faoliyatini amalga oshirishni istamayotganligi ayon bo'lsa, o'yinchiga, uning shaxsi, yoshi va yashash joyi isbotlanmaguncha va/yoki depozit kiritilgangan paytdan boshlab kamida uch oylik muddat o'tmaguncha mablag'lar ko'rib chiqilmaydi.

Garovlarning qabul qilinishi

Coduca88 kazinosi quyidagi hollarda o'yinchilarning tikishlarini qabul qilmaydi–

  • agar hisob qaydnomasi o'yinchi nomiga ochilmagan bo'lsa va hisob qaydnomasi balansida garov miqdorini qoplash uchun yetarli mablag' bo'lmasa; va
  • garov midorini qoplash uchun zarur hisoblangan mablag'lar tasdiqlangan usul orqali taqdim etilmagan bo'lsa.

Pul yuvishga qarshi tadbirlar

Bizning operatsiyamizdan pul yuvish vositasi sifatida foydalanish ehtimolini kamaytirish uchun:

  • Faqat shaxsi ma'lum shaxslarning tikishlari qabul qilinadi.
  • Naqd pul depozitlari yoki pul mablag'lari yechib olish qabul qilinmaydi.
  • Biz oldindan ogohlantirmasdan tikishlarni cheklash huquqini saqlab qolamiz.
  • Tikish jarayonida tartibsizlik yuz berganini aniqlash uchun nazorat qilinadi.
  • Pulni yechib olish bo'yicha barcha so'rovlar imkon qadar depozit kiritish uchun ishlatiladigan hisob qaydnomasiga har doim to'langanligini tekshirish uchun qo'lda tekshiriladi.
  • Depozit kiritgan, ammo umuman pul tikmagan yoki bepul tikishlarni olish uchun depozit kiritgan o'yinchilar o'zlarining kazino hisob qaydnomalaridan pul yechib olishlari mumkin emas. Pul mablag'larini yechib olish uchun o'yinchi har doim kamida depozitidagi mablag' miqdorini tikgan bo'lishi kerak.
  • Agar oxirgi muvaffaqqiyatli depozit amalga oshirilganiga 3 (uch) oy bo'lgan bo'lsa, bunday hisob qaydnomalaridan pul mablag'larini yechib olish haqidagi so'rovlar qabul qilinmaydi. Bunday hollarda yangi minimal depozit miqdorini kiritish talab qilinadi.

O'yinchi hisob qaydnomasidan pul yechib olishning maksimal chegarasi

Coduca88 kazinosi o'yinchining shaxsi, yoshi va yashash manzili tasdiqlanmagan, 24 soat ichida miqdori ikki ming yevrodan (€ 2,000) oshuvchi, o'yinchi ro'yxatdan o'tgan vaqtdan boshlab barcha so'rovlar miqdori ikki ming uch yuz yevrodan (€ 2,300) oshuvchi so'rovlar uchun to'lovlarni amalga oshirmaydi.

Naqd pul

Coduca88 kazinosi o'yinchilardan naqd pul qabul qilmaydi va pulni faqat quyidagi usullardan birini orqali qabul qilishi mumkin:

i.              kredit kartalari;

ii.             debit kartalari;

iii.            bank o'tkazmalari;

iv.            elektron hamyonlar.
 

Hukumat organlariga hisobot berish

Coduca88 kazinosi shubhali o'zkazmalar to'g'risida tegishli organlarga xabar berish huquqini o'zida saqlab qoladi: